Maoshga yarasha xizmat(mi?) O‘zbek deputatlari Markaziy Osiyoda eng kam oylik olishi aytildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Markaziy Osiyo davlatlari deputatlari oylik maoshi taqqoslandi. Unga ko‘ra, Qozog‘iston deputatlari eng ko‘p, O‘zbekiston deputatlari eng kam maosh oladi. Bu haqda “Asia Plus” nashri tomonidan tuzilgan statistikada keltirilgan.

Ushbu tadqiqotdan ko‘rish mumkinki, Qozog‘iston deputatlarining maoshi 2050 AQSH dollariga teng (23,9 mln so‘m). Undan keyingi o‘rinda Tojikiston deputatlari qayd etilgan bo‘lib, 688 dollar (8 mln so‘m) maosh oladi. Qirg‘iziston deputatlari esa 500 dollar (5,8 mln so‘m) maosh bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng kam maoshni O‘zbekiston deputatlari – 380 dollar (4,4 mln so‘m) olishi keltirilgan. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar qayd etilmagan.

Shuningdek, ushbu tadqiqotda yana bir necha davlatlar deputatlarining oylik maoshi taqqoslangan.

Masalan, Belarus deputatlari 950 dollar (11 mln so‘m) olsa, Rossiyada esa bu ko‘rsatkich 6850 dollarni (79,8 mln so‘m) tashkil qilgan. Buyuk Britaniya deputatlari 5950 dollar (69,3 mln so‘m), Yevroparlament deputatlari esa 7500 dollar (87,4 mln so‘m) maosh olishi keltirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maosh deputat Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing