Qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘yganlar jazolanadi
Jamiyat
−
07 iyun
10112Endilikda manfaatlar to‘qnashuvi holatlari yuz berganda, ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. Bu haqda Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov bugun, 7 iyun kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga alohida modda ya’ni 193-4 moddasi bilan kiritilyapti. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari yuz berganda, ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi.
“Birinchi navbatda, bevosita shaxsning o‘zi tomonidan shunaqa holatlar to‘g‘risida xabar bermaslik holatida bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (1 700 000 so‘mgacha) ma’muriy jarima belgilanyapti. Holat takroran sodir etiladigan bo‘lsa, bu 2 baravar oshirilishi, og‘irroq jarima jazosi belgilanyapti”, deydi Alisher Karimov.
Uning aytishicha, agar shunaqa holatlar to‘g‘risida xabar berilgan yoki tegishli tashkilotni korrupsiyaga qarshi kurashish kompaniyasi xizmati kadrlar bo‘linmalari tomonidan holatlar aniqlangan holatda mansabdor shaxs tomonidan tegishli ta’sir choralari ko‘rilmasa, unga nisbatan ham ma’muriy javobgarlik belgilanyapti, ya’ni bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan 10 baravarigacha bazaviy hisoblash miqdori jarima belgilanyapti.
Shuningdek, manfaatlar to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish chog‘ida ma’lumotlarni yashirishga yoki noto‘g‘ri axborotni berishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklov berilyapti. Yana bir holati bir-biriga bo‘ysunuvchi tashkilotlarda yoki nazoratidagi tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlashi ham manfaatlar to‘qnashuvi sabab bo‘lishini inobatga olib, bu bo‘yicha ham taqiq belgilanmoqda.
LiveBarchasi