Akasi, opasi, ukasi... Tenderlarda urug‘-aymog‘chilikka yo‘l qo‘yilgani aytildi

3-sahifa

image

2021 yilda O‘zbekiston bo‘yicha jami 72 ta sport maktabida 13,5 mlrd so‘mlik joriy ta’mirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderlarda afillangan shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilib, korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqishiga zamin yaratilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji binosini joriy ta’mirlash uchun kollej direktori raisligida o‘tkazilgan go‘yoki ochiq tender tanlovlarida faqat tadbirkor F.Q. ta’sischiligidagi 4 ta korxona qatnashib, ularning bittasi g‘olib deb topilgan. 

Bundan tashqari, Toshkent shag‘ridagi Gimnastika sport maktabi binosini ta’mirlash uchun o‘tkazilgan tenderda qatnashgan “F.t” MCHJ ta’sischisi va tender g‘olibi “S” MCHJ rahbari bir shaxs – Q.F. ekani hamda u maktab direktorining akasi bo‘lgan aniqlangan.

Bu kabi qonun buzilishi holatlari Surxondaryoda 10 ta, Qoraqalpog‘istonda 9 ta, Navoiy va Qashqadaryoda 8 tadan, Farg‘ona hamda Namanganda 7 tadan, Samarqandda 5 ta, Jizzax va Xorazmda 4 tadan, Buxoro bilan Sirdaryoda 3 tadan, Toshkent shahrida 2 ta hamda Andijon va Toshkent viloyatlarida 1 tadan kuzatilgan.

“Aniqlangan barcha qonun buzilishi holatlari bo‘yicha aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda hal etildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya manfaatlar to'qnashuvi

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing