“Manchester Siti” yarim himoyachisi “Barselona”ga o‘tmoqchi
Sport
−
30 aprel
6018Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva joriy mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda “Todofichajes” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi Kataloniyaning “Barselona” klubiga o‘tish masalasini ko‘rib chiqmoqchi. Klub rahbariyati tomonidan futbolchining potensial transfer qiymati 58-60 million yevroga baholanmoqda. Bu kelishuvni amalga oshirish uchun “ko‘k-anorranglilar” o‘z o‘yinchilaridan biri bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot o‘rnida, Bernardu “shaharliklar” safida 2017 yilning yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsum portugaliyalik futbolchi “Manchester Siti” tarkibida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
LiveBarchasi