“Manchester Siti” yana bir futbolchisini yo‘qotdi
Sport
−
08 yanvar 2491 1 daqiqa
Kecha, 7 yanvar kuni Angliya Premer-ligasining 21-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola Savinoning jarohat olganini tasdiqladi.
“Savino uzoq vaqt o‘ynay olmaydi. Uzoq, lekin bu vaqtincha. Taxminan bir yarim yoki ikki oy maydondan tashqarida bo‘ladi. U bu mavsumda yana tarkibga qaytadi”, dedi Pep Gvardiola.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Savino joriy mavsumda “shaharliklar” safida 15 ta o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol boldiridan olgan jarohati sabab yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi. Gvardioldan tashqari, jamoaning yana bir markaziy himoyachisi Ruben Diash hamda Angliya terma jamoasi a’zosi Jon Stouns ham jarohat olgan.
Live
Barchasi