“Manchester Siti” top-5 chempionat jamoalari orasida antirekord o‘rnatdi

Sport

image

12 dekabrga o‘tar kechasi Angliyaning “Manchester Siti” klubi Yevropa Chempionlar ligasining 6-turi doirasida “Yuventus” mehmoni bo‘ldi. Turinliklar “shaharliklar”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va “Siti”ning salbiy ko‘rsatkichlari soni yana bittaga oshdi.

Pep Gvardiola jamoasi so‘nggi o‘nta o‘yinda bor-yo‘g‘i bitta g‘alaba qozondi, ikki bor durang o‘ynab, yetti marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, noyabr oyi boshidan buyon Yevropaning kuchli besh ligasida hech bir jamoa “Manchester Siti”dan ko‘proq gol o‘tkazib yubormagan.

To‘qqizta o‘yinda “shaharliklar” 21 ta gol o‘tkazib yubordi. Barcha turnirlardagi o‘nta o‘yinda raqiblar “Man Siti” darvozasini 23 marta ishg‘ol qildi.

“Manchester Siti” ayni damda Yevropa Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 turdan keyin 8 ochko bilan 22-o‘rinda bormoqda. 25-o‘rindagi jamoa bilan farq bor yo‘g‘i bir ochkoni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Pep Gvardiola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing