“Manchester Siti”ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

Sport

image

“Manchester Siti”klubining misrlik hujumchisi Omar Marmush klubining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Marmush ovoz berish jarayonlarida jamoadoshlari Erling Xoland va Niko O'Raylini ortda qoldirdi. 26 yoshli futbolchi mart oyida “shaharliklar” safida “Nottingem”, “Brayton” va “Bornmut” jamoalariga qarshi bahslarda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Marmush qishki transferlar oynasida Germaniyaning “Ayntraxt” klubidan “Man Siti” safiga kelib qo‘shilgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Hujumchining “Transfermarkt”ga ko‘ra narxi 75 million yevroni tashkil etadi.

Qayd etish joiz, fevral oyida Marmush ega chiqqan sovrinni o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov ham qo‘lga kiritgandi. Ovoz berish jarayonlarida 21 yoshli Husanov jamoadoshlari Yoshko Gvardiol va Erling Xolandni ortda qoldirgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov Omar Marmush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing