“Manchester Siti” Angliya klublari orasida eng muvaffaqiyatli natijaga erishdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida Braziliyaning “Fluminense” klubini 4:0 hisobida mag‘lub etib, 2023 yildagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ortda qolayotgan yil davomida “shaharliklar” APL, Yevropa Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Yevropa Superkubogida g‘olib chiqdi. Pep Gvardiola shogirdlari faqatgina Angliya Superkubogida “Arsenal”ga mag‘lub bo‘ldi.

Shu vaqtga qadar “Manchester Siti” hech qachon bir yil ichida bunchalik ko‘p sovrin yutmagan.

Qolaversa, “shaharliklar”ga qadar birorta ham ingliz jamoasi bir yil ichida APL, Yevropa Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozona olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Angliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made