“Manchester Siti” Husanovni YeCHL uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi
Sport
−
04 fevral 8912 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov Chempionlar ligasi qaydnomasidan o‘tkazildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan boshlab “Manchester Siti” qaydnomasiga kiritildi. Husanov qatori “shaharliklar” yangi futbolchilari Vitor Reys va Omar Marmush ham qaydnomadan o‘tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu futbolchilar UEFA talabiga ko‘ra, Chempionlar ligasi guruh bosqich o‘yinlari qaydnomasidan joy olmagandi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti”ning o‘tish o‘yinidagi raqibi “Real Madrid” hisoblanadi. Ushbu o‘yin 12 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr