Manba: Qashqadaryoga yangi hokim tayinlanadi. Nomzod Zoyir Mirzayev
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
20879Bugun, 26 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida Hukumat rahbarlari ishtirokida viloyat faollarining yig‘ilishi o‘tkazilishi va unda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli jiddiy tanqid ostiga olinib, tashkiliy masalalar ko‘rilishi kutilyapti.
Manbalar bergan ma’lumotga ko‘ra, yig‘ilishda tashkiliy masala – viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevni lavozimidan ozod qilish va yangi rahbar tayinlash ko‘rib chiqiladi. Zafar Ro‘ziyev 2015 yil 8 yanvardan beri vloyatga hokimlik qilib keladi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga O‘zbekiston Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari Zoyir Toirovich Mirzayev tayinlanishi mumkin.
Shuningdek, yig‘ilishda Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlarning amaldagi hokimlari masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Manbalardan olingan ma’lumotlarimizga ko‘ra, 2013 yil 27 sentyabrdan buyon Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Zafar Sharopovich Ro‘ziyev o‘z vazifasidan ozod qilinishi kutilmoqda.