“Man Siti” “Real” tufayli Xoland bilan tezroq yangi shartnoma tuzmoqchi
Sport
−
08 iyun
4899“Manchester Siti” hujumchi Erling Xoland bilan imkon qadar tezroq shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” Xolandning yaqin kelajakda “Real” futbolchisi bo‘lish istagidan xabardor. Shundan kelib chiqib, “Manchester Siti” norvegiyalik hujumchi uchun kelajakda uning Madrid klubiga o‘tishini murakkablashtiradigan yangi shartnoma tuzmoqchi.
Qayd etilishicha, Xolandning shartnomasida hozirda tovon puli ko‘rsatilgan bo‘lib, u 2024 yilning yozidan boshlab APL klublaridan tashqari boshqa jamoalarga futbolchini hamyonbop narxda sotib olish imkonini beradi.
Xolandning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi, “shaharliklar” esa kelishuvni yana bir yilga uzaytirmoqchi.
LiveBarchasi