“Man Siti” ketma-ket uch marta YeCHL yarim finaliga yo‘l oldi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi ketma-ket uchinchi marta Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi va tarixida bunday muvaffaqiyatga erishgan uchinchi ingliz klubiga aylandi. Bu haqda “Opta Sports” xabar berdi.

Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvlari yakunlandi. “Bavariya” va “Manchester Siti” klublari to‘qnashuvida ingliz klubi zafar quchdi. O‘z maydonida qo‘lga kiritilgan ilk uchrashuvdagi g‘alaba evaziga “shaharliklar” yarim finalga yo‘l oldi.

Javob uchrashuvidagi hisob 57-daqiqada ochildi – “Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland gol urdi. 83-daqiqada Myunxen klubidan Yozua Kimmix penaltini aniq amalga oshirdi.

Musobaqa yarim finalida Gvardiola shogirdlari Madridning “Real” klubi bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing