“Malika” oldidan shubhali sumka topildi. IIBB holatga izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanidagi “Malika” savdo majmuasi oldida shubhali paket topilgan bo‘lib, uning ichidagi narsa insonlar uchun xavfli ekanligi haqida ma’lumot tarqaldi.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 17 mart kuni soat 14:40 da Toshkent shahar IIBB xodimlariga Shayxontohur tumani Kichik xalqa avtomobil yo‘lida joylashgan “Malika” savdo kompleksi hududida do‘konlardan birining yonida noma’lum shaxs tomonidan qora rangli sport sumkasi qoldirilgani haqida xabar kelib tushgan.

Ichki ishlar organlari, xususan O‘zbekiston Respublikasi IIV maxsus bo‘linmasi xodimlari jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududni chegaralab sumkani ko‘rikdan o‘tkazishdi. Ma’lum qilamizki, sumka ichida qonunga xilof va inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan hech narsa topilmagan.

Ko‘rilgan tezkor tadbirlar davomida sumka Yunusobod tumanidagi qurilish ob’ektida yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi 18 yoshli J.K. tomonidan unutib qoldirilgani aniqlangan. Suhbat davomida u savdo kompleksi hududiga telefonini tuzatish uchun kelganini, sumkani esa do‘kon oldida og‘ir bo‘lgani uchun qo‘yganini, bu kimnidir qo‘rqitadi deb o‘ylamaganligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIBB

Baholaganlar

539

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing