Mali Prezidentiga suiqasd uyushtirgan yigit kutilmaganda vafot etdi
Olam
−
26 iyul 2021
6882Malining muvaqqat Prezidenti Assimi Goitaga suiqasd qilishga urinishda gumon qilinib hibsga olingan yigit shifoxonada vafot etdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.
O‘tish davri Prezidentiga joriy yilning 20 iyul kuni Bamakodagi masjidda Qurbon hayiti munosabati bilan o‘qilgan namoz paytida hujum uyushtirilgandi.
Suiqasd qilgan yigit Goitani orqasidan urmoqchi bo‘lgan, lekin u boshqa odamni yaralagan. Tez orada Mali hukumati uning Goitaga hujum qilmoqchi bo‘lganini tasdiqlagan.
Maxsus xizmatlar hujum qilgan shaxsni ushlab, zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Goita hujumdan keyin o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan.
“Huquqbuzarlik belgilari aniqlangan tergov jarayonida uning sog‘lig‘i yomonlashdi”, deb xabar bergan hukumat.
Mali hukumatiga ko‘ra, yigitning o‘limi “tergovni davom ettirishga xalaqit bermaydi”.
Ma’lumot o‘rnida, sobiq maxsus kuchlarning vakili sanalmish Goita so‘nggi to‘qqiz oy davomida ikki marta davlat to‘ntarishini amalga oshirgan. To‘ntarishlar natijasida mamlakatning avvalgi vaqtincha Prezidenti Ba Ndao, Bosh vazir Moktar One va muvaqqat hukumat Mudofaa vaziri Sulaymon Dukur 25 may kuni hibsga olingan. 31 may kuni Assimi Goita Mali Konstitutsiyaviy sudning qaroriga binoan "o‘tish davri Prezidenti" etib tayinlangan.
LiveBarchasi