Malayziyaning sobiq Bosh vaziri 12 yilga qamaldi
Olam
−
25 avgust 2022
4849Joriy yilning 23 avgust kuni sobiq Malayziya Bosh vaziri Najib Razzoq ko‘p milliard dollarlik 1MDB modarosidagi roli uchun qamaldi. Kuala-Lumpurdagi sud uning so‘nggi apellyatsiyasini rad etdi.
2009-2018 yillarda Malayziya Bosh vaziri bo‘lib ishlagan Najib Razzoq 2020 yilda pul yuvish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa ayblovlarda aybdor deb topildi. Endi uni 12 yillik qamoq jazosi kutmoqda.
Najib doimiy ravishda qonunbuzarlikni rad etib kelyapti, biroq seshanba kuni Malayziya Oliy sudining besh sudyadan iborat hay’ati uning so‘nggi apellyatsiya tartibini rad etdi.
Ayblovlar sobiq suveren jamg‘arma bilan bog‘liq bo‘lib, prokurorlar u va uning ittifoqchilari dabdabali turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va kampaniyani moliyalashtirish uchun shaxsiy g‘azna sifatida foydalanganlar. Shuningdek, sobiq Bosh vazir 210 million riggit (46,94 million dollar) miqdorida jarimaga tortildi.