Malayziyaning 94 yashar bosh vaziri iste’foga chiqdi

Olam

image

Malayziyaning 94 yashar bosh vaziri Maxatxir Muhammad iste’foga chiqishga qaror qildi va qirol Abdulloh II ga tegishli petitsiyani taqdim etdi. Bu haqida hukumat manbasiga tayanib, “Star” nashri xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Maxatxir boshchiligidagi Malayziya zaminining Birlashgan o‘g‘illari partiyasi (Parti Pribumi Bersatu Malaysia, PPBM) “Umid alyansi” hukumat koalitsiyasini tark etadi.

Nashrning ta’kidlashicha, Muhammad ketganidan keyin mamlakat tarixida birinchi marta hukumatni ilk bor ayol kishi, bosh vazir o‘rinbosari Van Aziza Van Ismoil boshqarishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Maxatxir Muhammad 2018 yilda muxolifat koalitsiyasidan bosh vazir lavozimini egallagan edi. 1981 yildan 2003 yilgacha u hukumatni hukmron partiyadan boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing