Malayziyada o‘zbekistonlik qizlar shahvoniy ekspluatatsiya qilindi (video)

3-sahifa

image

Malayziyada o‘zbekistonlik qizlarni shahvoniy ekspluatatsiya qilgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti tomonidan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida odam savdosi jinoyatini sodir etib kelayotgan uyushgan jinoiy guruh a’zolarini aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.

1971 yilda Tojikiston Respublikasi tug‘ilgan ayol mazkur uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qilib, o‘zining O‘zbekistonda yashovchi jinoiy sheriklari orqali Telegram’da “Kuala-Lumpur shahridagi restoranga yangi xodimlarni ishga olamiz” sarlavhasi ostida e’lon joylagan.

Ularga murojaat qilgan shaxslar bilan guruhning Toshkentdagi a’zolari uchrashib, turli xil yolg‘on va’dalar bilan Kuala Lumpurga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelgan.

Tezkor davomida Tojikiston fuqarosi bo‘lgan ayol qo‘l ostiga ishlash uchun kelgan qizlarni shahvoniy ekspluatatsiya qilgan bo‘lsa, turli lavozimlarda ishlagan yigitlarni oldindan va’da qilingan 500 AQSH dollar miqdordagi oylik maosh, bepul turarjoy, 4 mahal oziq-ovqat bilan ta’minlamagan. Ishchi vizalarni rasmiylashtirmasdan, ish haqqini bermasdan fuqarolik pasportlarini olib, majburiy mehnat bilan shug‘ullantirib kelgan.

Ayni vaqtga qadar ushbu jinoiy guruhdan jabr ko‘rgan 8 nafar shaxslar aniqlanib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand aeroportida Turkiya davlatiga fohishalik maqsadida ketayotgan 2 nafar ayol ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi shahvoniy ekspluatatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing