Hukumatning yana bir qarori amalga oshmay o‘zgartirildi
Jamiyat
−
16 iyul 2019
8231O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga respublika oliy sport mahorati maktablari va maktab-internatlarining faoliyatini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
O‘zgartirishlarga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzurida Olimpiya zaxiralari markazlari tashkil etiladi. Avvalboshdan ularni 2019/2020 o‘quv yilida tashkil etish rejalashtirilgandi.
"Norma"ning xabar berishicha, Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining 6-sinfiga qabul qilishni ham 2020/2021 o‘quv yilidan boshlaydilar. Respublika oliy sport mahorati maktablarida o‘quv yili 1 yanvardan boshlanadi (qolgan sport maktablarida, ilgarigidek, 2 sentyabrdan boshlanadi).
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari (600 kishi) va Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida (750 kishi) o‘quvchilar soni bo‘yicha amaldagi normativ 2019/2020 o‘quv yilda ham saqlanib qoladi. Keyinchalik RIOZMga 700 ta o‘quvchi qabul qiladilar. Toyloq IOZM umumiy kontingenti – 600 kishi.
O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatiga qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish, ularning o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish, shuningdek ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi to‘lashning umumiy tartibi sportning olimpiya va milliy turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab- internatlariga tatbiq etilgan. Bunda ular 5-sinfdan qabul qilinadi, kam ta’minlanganlar esa o‘quvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida ota-onalar to‘lovini to‘lashdan ozod etiladi.
Endi olimpiya zaxiralari sport maktablari direktori lavozimiga nomzodlar Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan kelishilmaydi, biroq uning vakillari saylash, tayinlash va attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi. Shuningdek, MOQ olimpiya zaxiralari markazlariga nisbatan tashkiliy-tasarruf etish vakolatlaridan mahrum bo‘ldi.
Olimpiya zaxiralari maktab-internati binolari, inshootlari va jihozlarini joriy ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik xodimlar shtat birliklarini kiritish normativlari va o‘quvchilar uchun sutkalik oziq-ovqat normasiga (bug‘doy maysalari kukuni mahsuloti qo‘shildi) biroz tuzatish kiritildi.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bitiruvchilariga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun attestatsiyadan o‘tkazishni soddalashtirdilar. Ta’lim muassasalarini tamomlagandan keyin uch yil mobaynida ular attestatsiyaning I (bazaviy nazariy bilimlarni baholash) va II (sportning ommalashtirilayotgan turiga oid nazariy va amaliy bilimlari bo‘yicha sinovdan o‘tish) bosqichidan o‘tgan deb hisoblanadilar. Boshqa OTMlarining jismoniy tarbiya-sport fakultetlarini tamomlaganlar uchun shart o‘zgarmadi, ular faqat attestatsiyaning I bosqichidan ozod etiladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Vazirlar Mahkamasining avtomobil chiroqlarini yoqib yurish shartligi va majburiy maktab formalari hamda YPX xodimlarining xizmat vaqtida body kameralar faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi qarorlariga qabul qilinganidan ko‘p o‘tmay o‘zgartirish kiritilgandi.
LiveBarchasi