Malayziyada Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi chop etiladi

Olam

image

Malayziyada Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi chop etiladi. Bu haqda “Dunyo” Axborot agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Malayziyada joylashgan dunyoning ikkinchi eng yirik Qur’oni Karim bosmaxonasi – “Nasyrul Quran” majmuasiga borgan. Unda Usmonov majmua direktori Abdullatif Mirasa bilan uchrashgan. 

Uchrashuv davomida Abdullatif Mirasa O‘zbekistonning qadimiy tarixi va madaniy merosi hamda allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan katta ilmiy, madaniy va ma’naviy hissasini xurmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Shuningdek, unga Ravshan Usmonov tomonidan Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi tomonidan ishlab chiqilgan Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi va 6 jildlik “Tafsiri irfon” (Qur’oni Karim ma’nolarining o‘zbekcha tarjimasi va tafsiri) taqdim qilingan.

Muloqot yakunida Malayziya tomoni va Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi hamkorligida Qur’onning o‘zbek tilidagi tarjimasini Malayziyada nashr qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya Qur'oni Karim Qur'on Tafsiri irfon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing