Malayziya va Singapurdan 237 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi
Jamiyat
−
16 may 2020
6037Bugun, 16 may kuni Malayziya va Singapurdan 237 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Uzbekistan Airways`ning “Toshkent - Kuala-Lumpur-Singapur-Toshkent” charter reysi bilan o‘zbekistonliklarni olib kelgan samolyoti soat 3:36 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Qayd etilishicha, olib kelinganlarning aksariyati xorijda tahsil olayotgan talabalar bo‘lgan. Kelgan fuqarolarning barchasi 14 kun muddatga karantin zonasiga joylashtirilgan.
Avvalroq, 24 maygacha 12 ta charter reys amalga oshirilishi, shularning 7 tasi Rossiya shaharlaridagi o‘zbekistonliklarni ortga qaytarishi haqida xabar bergan edik. Keyinroq ushbu reyslar uchun samolyot chiptalarining narxlari ham e’lon qilindi.
LiveBarchasi