Malayziya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
29 iyul 2023
3193Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vaziri kecha, 28 iyul kuni Malayziya elchisi Ilxam Tua bin Illiasdan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilib olgan.
“Malayziyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ilxam Tua bin Illias janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasi bilan birgalikda janob elchini O‘zbekiston–Malayziya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan diplomatik missiyasini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi Baxtiyor Saidov.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Malayziyaning Perlis shtati muftiysi Mohd Asri bin Zaynul Abidin O‘zbekistonning faxriy ziyorat turizm elchisi etib tayinlangan edi. Muftiy O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tashabbusi bilan ushbu lavozimga tayinlangan.
LiveBarchasi