Malayziya Imom Buxoriy haqida film va serial suratga olmoqchi
Olam
−
03 mart
2610Malayziya va O‘zbekiston kinoijodkorlari ishtirokida Imom Buxoriy hayoti va ilmiy-ma’naviy merosiga bag‘ishlangan ingliz tilida badiiy film va serial suratga olinishi mumkin. Bu haqda Malayziyaning “Aquila Emas” media kompaniyasi direktori Sharizan Isa ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchixonasida Malayziyaning “Aquila Emas” media kompaniyasi direktori Sharizan Isa bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ushbu uchrashuv davomida Sharizan Isa Malayziya va O‘zbekiston kinoijodkorlari ishtirokida Imom Buxoriy hayoti va ilmiy-ma’naviy merosiga bag‘ishlangan ingliz tilida badiiy film va serial suratga olish rejalarini ma’lum qilgan.
“Film ssenariysini ishlab chiqish maqsadida Imom Buxoriy hayoti va ijodiga tegishli ilmiy asoslangan ma’lumotlarni yig‘ish va soha ekspertlari bilan kelishishni maqsad qilganmiz”, degan u.
Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida “Aquila Emas” media kompaniyasi vakillarining joriy yil iyun oyida O‘zbekistonga ijodiy safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
LiveBarchasi