Maktabni bitirish va OTMga kirish imtihoni birlashtiriladi

Jamiyat

image

Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihon joriy etiladi. Bu haqdagi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra 2021-2022 o‘quv yilida tajriba sinov tariqasida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan hududdagi umumiy o‘rta maktab va akademik litsey, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab barcha umumiy o‘rta maktab, akademik litsey va qabuli 9-sinf negizi asosida amalga oshiriladigan kasb-hunar maktabi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari unifikatsiya qilinib, yagona test sinovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda:

umumta’lim muassasalarining joriy yil bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni sifatida uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi (keyingi o‘rinlarda – majburiy fanlar) fanlaridan test sinovlarini topshiradi;

majburiy fanlar bo‘yicha test sinovi natijalari umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (shahodatnoma, diplomi)ga qo‘yiladi;

oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilari shaxsiy tanloviga ko‘ra, ixtiyoriylik asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlardan test sinovlarini topshiradi;

2022 yildan boshlab, avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatganlar belgilangan muddatlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar va majburiy fanlardan test sinovlarini topshiradi.

Har yili test sinovi va oliy ta’lim muassasalariga qabul natijalari tahlili asosida umumta’lim muassasalari ta’lim dasturlari va bitiruvchilar sifati monitoringini olib boriladi.

Loyiha 8 avgustgacha muhokamada bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM maktab imtihon

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing