Maktablarni jihozlash uchun qo‘shimcha 50 milliard so‘m “undirildi”

Jamiyat

image

Davlat byudjeti loyihasida umumta’lim maktablarini jihozlash uchun ajratilgan mablag‘ yetarli emas. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishi jarayonida ma’lum qilindi.

Deputatlar o‘rta ta’lim maktabilarini yetarli miqdorda laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash hamda eskirgan o‘quv uskunalarini almashtirish bo‘yicha mablag‘larni ko‘paytirishni talab qildi. 

Hukumat a’zolari bilan kechgan muhokama va muzokaralardan so‘ng parlament a’zolari tomonidan ko‘tarilgan bu masala hal etiladigan bo‘ldi. 

Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishdagi muhokamalari chog‘ida 2020 yil uchun Davlat byudjeti loyihasiga umumta’lim maktablarini jihozlash qo‘shimcha ravishda, davlat boshqaruv organlari xarajatlarini maqbullashtirish hisobidan 50 milliard so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘lgani ma’lum qilindi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Koreya Respublikasi bilan imzolangan kelishuvga asosan, Janubiy Koreyaning Eksport-import banki (Eksimbank) tomonidan ajratilgan 33 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga umumta’lim maktablari uchun 2 859 dona sinf komplekt kompyuter sinflarini jihozlash ko‘zda tutilmoqda. 2020 yilning yakuniga qadar barcha kompyuter sinflari yetkazib berilishi rejalashtirilgan. 

Shu bilan birga, 2020 yilning 1 martiga qadar umumta’lim maktablarini jihozlash bo‘yicha besh yilga mo‘ljallangan alohida dastur ishlab chiqilishi aytildi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Respublikasi

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing