Maktablardagi “Ona tili” va “O‘qish” fanlari birlashtirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugungacha maktablarda alohida o‘qitilgan “Ona tili” va “O‘qish” fanlari birlashtirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi xabar berdi.

Endi ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va o‘qish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan tashkil etiladi. Qayd etilishicha, yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she’rlar bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida ko‘maklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.

Shuningdek, amaldagi darsliklarda tinglab tushunishni rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan bo‘lsa, yangisida buni rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan.

“Shu paytgacha ona tilini o‘qitishdan maqsad tilning grammatikasini o‘rgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga ko‘proq urg‘u berilgan”, deyiladi markaz xabarida.

Bundan tashqari, o‘qituvchilar uchun “O‘qituvchi kitobi”, o‘quvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham bo‘ladi. 

E’tiborli tomoni yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini to‘ldiradigan, o‘zi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab fan

Baholaganlar

289

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing