Maktablarda Yangi yilni nishonlash bo‘yicha taqiqlar o‘rnatildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi maktablarda Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda mamlakat Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, maktablarda yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq cheklovlar bolalar xavfsizligi hamda pul yig‘imlarining oldini olish maqsadida joriy qilinmoqda. 

“Xalq ta’limi vazirligi Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq cheklovlar pandemiya sharoitida bolalar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash, maktablarda ota-onalardan turli noqonuniy pul yig‘imlarini oldini olish maqsadida joriy etilayotganini ma’lum qiladi.

Shuningdek umumta’lim maktablarining o‘quvchilari ishtirokida yopiq binolarda turli bayram tadbirlari va kechalarini tashkil etish va o‘tkazish Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish maqsadida ham taqiqlanadi”, deyiladi rasmiy xabarnomada.

Qayd qilinishicha, maktab foyesi va sinf xonalarini o‘quvchilarning qo‘llari bilan yasalgan o‘yinchoqlar bilan bezatishga ruxsat beriladi. Yong‘in yuzaga kelish xavfining oldini olish maqsadida sun’iy archa va elektr chiroqlardan foydalanish taqiqlanadi.

XTV ota-onalarga Yangi yil bayrami tadbirlarini “Bolajon” va “Yoshlar” telekanallari orqali tashkil etiladigan Yangi yil telemarafonini tomosha qilish hamda oila davrasida o‘tkazishni tavsiya etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Yangi yil

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing