Maktablarda o‘qituvchilar maoshi o‘quvchilarning OTMga kirishiga bog‘liq bo‘ladi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yilidan maktablarda o‘qituvchlarga bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga kirishiga qarab oshirilgan maosh to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda maktab bitiruvchilarini o‘qish va ishga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Joriy yilda umumta’lim maktablarini 452 ming o‘g‘il-qiz tamomladi. Ularning 70 mingi oliy ta’lim, 85 mingi professional ta’limga kiradi. 95 mingdan ziyodi ishga joylashgan taqdirda ham, yana 200 mingga yaqin yoshlarning bandligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Maktabdanoq kasbga o‘qitish tizimi joriy etilishi belgilandi. Navbatdagi o‘quv yilidan boshlab maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning oliy ta’limga kirishi, kasb egallab, o‘z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to‘lanadi.

Buning uchun 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning kasblar kesimida qiziqishi aniqlanadi. 8-9-sinf o‘quvchilari dasturchi, dizayner, tarjimon kabi istiqbolli kasblar uchun poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni egallaydi. 10-sinfdan robototexnika, dasturlash kabi talab yuqori kasblarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM maosh o'qituvchi

Baholaganlar

425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing