Maktablarda majburiy forma talab etilmaydimi?
Jamiyat
−
03 avgust
4950Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov O‘zbekistonda 2024/25 o‘quv yilida maktab formasi majburiy bo‘lmasligini aytgandi. Biroq har bir umumta’lim maktabining bu boradagi o‘z ichki Nizomlari qabul qilingan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq o‘quvchilarining maktab formasida kelish tartibi umumta’lim muassasalarining ichki Nizomlarida belgilangan.
“Shundan kelib chiqqan holda, yurtdoshlarimizdan maktab formalarini majburiy joriy etilmasligiga doir tasdiqlanmagan xabarlarni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz”, deyilgan xabarda.
LiveBarchasi