Maktablarda koronavirus haqida diktant yozdirilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilarga koronavirus haqida diktant yozdirimoqda. Bu xabarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqladi. 

Vazirlikdan qayd etishlaricha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholini koronavirus kasalligidan muhofaza qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur tavsiyalarni yosh avlodga sodda tilda yetkazish maqsadida maktablarda diktant yozish tadbirlari tashkil etilgan.

“Diktant yozish davomida o‘quvchilar koronavirus yuqish yo‘llari va uning tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan choralar haqida ma’lumotlar oladi. Jumladan, bolalarga muntazam qo‘l yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerakligi uqtirilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

diktant

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar