Maktabga o‘yinchoq pichoq olib kelgan o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda “Mirzo Ulug‘bek tumanining 187-maktabida pichoq bilan maqtanish avtoritet bo‘lyaptimi?” sarlavhali videolavha tarqaldi. Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 6 may kunida sodir bo‘lgan. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabning 11-“J” sinf o‘quvchisi I.J. maktabga o‘rtoqlariga maqtanish maqsadida pichoq ko‘rinishidagi o‘tmas jism (o‘yinchoq) olib kelgan. U tanaffus vaqtida atrofidagilarga ko‘rsatib maqtangan va  jarayonni o‘zining telefoniga s’yomka qilgan.

O‘quvchilar holat haqida maktab direktoriga xabar bergan. O‘quvchi va uning ota-onasi bilan mahalla inspektori, maktab rahbariyati va Milliy Gvardiya xodimlari ishtirokida sodir etilgan xatti-harakati yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Voyaga yetmagan o‘quvchining ota-onasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik  to‘g‘risidagi kodeksning  47-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llanilgan.

“Ayni vaqtda o‘quvchi J.I. o‘zining xatti-harakatiga nisbatan ko‘rilgan choradan noroziligini maktab ma’muriyati va Milliy gvardiya xodimiga bildirgan hamda videolavhani ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan”, deyiladi munosabatda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda ikki maktab o‘quvchisi 23 yoshli yigitni kaltaklagani xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab pichoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing