Maktabdoshini kaltaklab, undan pul talab qilgan o‘quvchining kimligi aniqlandi
3-sahifa
−
09 Sentabr
16780Avvalroq, Andijon viloyatining Asaka tumanidagi 34-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida bir nechta maktab o‘quvchisining maktabdoshini kaltaklagani va undan pul talab qilgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan hozirda Asaka tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 2009 yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchilari – A.X. va M.R. ismli o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqib, A.X. M.R. ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda A.X. M.R.ni urgani, bir necha marotaba uni qidirgani, nima sabab javob bermaganini so‘ragani va uni haqoratlab, do‘pposlab ketganini ko‘rish mumkin. Qolaversa, o‘quvchi unga 300 ming so‘m pulni 1 million so‘m qilib qaytarish talabini qo‘ygan va buning uchun 10 kun muhlat bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘quvchi qizlar sinfdoshini kaltaklab, uni haqoratlagandi.
LiveBarchasi