Maktabdagi otishma ortidan xususiy xavfsizlik kompaniyasi rahbari va qo‘riqchi hibsga olindi

Olam

image

Avvalroq Rossiyaning Bryansk shahri 5-sonli gimnaziyada 8-sinf o‘quvchisi otishma sodir qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu otishmadan so‘ng “Excalibur” xususiy qo‘riqlash kompaniyasi rahbari Sergey Poddubnoy va qo‘riqchi Galina Chertkova qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” va “Mash” xabar berdi.

Nashrlar manbasiga ko‘ra, o‘t ochgan qizning otasi ham qo‘lga olingan. Erkakka nisbatan qurol-yarog‘ni ehtiyotsizlik bilan saqlash uchun ish ochilgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘q uzgan qiz o‘z joniga qasd qilgan.

Yana besh nafar maktab o‘quvchisi jarohatlangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir, ular davolanish uchun Moskvaga jo‘natilgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t ochgan o‘quvchi qiz maktabda tahqirlangan.

Hozirda holat yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi) moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab otishma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing