Maktabda janjal ko‘targan ayol kompyuterni sindirib tashladi (video)
3-sahifa
−
06 mart
17491Avvalroq, QALAMPIR.UZ’ga Samarqand viloyati Jomboy tumanida o‘quvchining onasi maktabga borib janjal qilgani va maktabdagi kompyuterni sindirib tashlagani yuzasidan murojaat kelib tushgan edi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22 fevral kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 44-umumta’lim maktabida 8-sinf o‘quvchisining tarbiyasi bo‘yicha o‘quvchining ota-onasi sinf rahbari tomonidan chaqirtirilgan. Onaga farzandining xulq-atvori va tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish haqida aytilganda, u o‘qituvchilarga nisbatan qo‘pol harakatda bo‘lgan va ularni haqoratlagan.
Bildirilishicha, shu vaqtning o‘zida maktabga tuman Ichki ishlar bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari chaqirtirilgan hamda holat sudga oshirilgan. Hozirda sud jarayoni davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jomboy tumanida bolalarni urgan tarbiyachiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan edi. Shuningdek, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilingan.
LiveBarchasi