Maktab o‘quvchisi noma’lum kimyoviy modda ta’siri natijasida vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 fevral kuni Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida yashovchi, voyaga yetmagan S.A. yashash xonadonida noma’lum kimyoviy moddani ehtiyotsizlik oqibatida ichib yuborishi natijasida tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Tergovga qadar tekshiruv davomida 26.02.2019 yil kuni voyaga yetmagan S.A. tuman shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida vafot etgan va shu kundan uning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi xabar bermoqda.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shu yilning 18 fevral kuni sudga oid tibbiy ekspertiza hamda olingan noma’lum kimyoviy modda bo‘lagi tarkibini aniqlash bo‘yicha sudga oid kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra voyaga yetmagan S.A.da gemorrogik peritonit va oshqozon devorlarini butunligini buzilishi bilan kechgan oshqozon va 12 barmoqli ichakning bir qismi kimyoviy kuyishi holati yuz bergan va bu og‘iz orqali qabul qilingan kimyoviy modda ta’siri natijasida yuzaga kelganligi qayd etilib, ushbu jarohatlar xayot uchun xavfli – og‘ir shikastlanishlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan voyaga yetmagan S.A. ning o‘z tushuntirishida, O‘zbekiston tumanidagi 17 sonli umumta’lim maktabining 10 “a” sinfida o‘qiydigan M. ismli bola noma’lum dori moddasini berib ichishi kerakligini aytganligini va keyin noma’lum dori moddasini yashash xonadoniga olib kelib ichganligini bildirib o‘tgan.

Holatni har tomonlama tekshirish maqsadida 20 fevral kuni voyaga yetmagan S.A. o‘qigan tumandagi 17 sonli umumta’lim maktabining kimyo laboratoriya xonasida mavjud moddalarning saqlanishining qonuniyligini o‘rganish yuzasidan Farg‘ona viloyati XTBga tekshiruv tayinlangan.

Hozirgi vaqtda, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona viloyati kimyoviy modda

Baholaganlar

89

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing