Maktab o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgan 51 yoshli erkakka jazo tayinlandi
3-sahifa
−
20 Oktabr 2023
8692Toshkent viloyatida maktab o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgan 51 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ ga Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Voqea joriy yilning 10 oktyabr kuni soat 11:00 larda sodir bo‘lgan. O‘shanda 1972 yilda tug‘ilgan E.N. ismli shaxs ko‘chada ketayotgan, o‘ziga notanish bo‘lgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi Sh.F.ga shahvoniy harakatlar bilan tegajog‘lik qilgan. Ushbu holat yuzasidan 2023 yil 18 oktyabr kuni Qibray tuman sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Bildirilishicha, ayblanuvchi avval ham ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Majlisda huquqbuzar E.N. haqiqatdan xam huquqbuzarlikni sodir qilgani, qilgan ishidan pushaymonligi, boshqa bunday holat takrorlanmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘radi. Ammo sud huquqbuzarlik harakatlarining ijtimoiy xavflilik darajasini, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olib, uni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tarbiyalash mumkin emas, deb topdi.
E.N. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topilib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 18 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tumani sudida 13 yoshli qizni zo‘rlagan Milliy gvardiyaning sobiq xodimi ustidan sud hukmi o‘qilgandi.
LiveBarchasi