Maktab o‘quvchisi “Tetris”da g‘olib bo‘lgan ilk o‘yinchi bo‘ldi (video)

Bu qiziq

image

Amerikalik maktab o‘quvchisi "Tetris" o‘yinida yutgan dunyodagi birinchi odam bo‘ldi va bir nechta rekordni yangiladi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Oklaxomalik 13 yoshli Uillis Gibson 38 daqiqa davomida ushbu o‘yinni o‘ynadi va 157-darajada g‘olib bo‘ldi. Shundan so‘ng, ushbu jarayon yozib olingan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. 

U bunday muvaffaqiyatga o‘yinni boshqarishning noan’anaviy usullarini ishlab chiqish orqali erishdi. Bunday usullarning birinchisi 2016 yilda o‘ylab topilgan va u "gipertapping" deb nomlanadi. Ikkinchisi esa (yuklab olish) 2020 yilda ixtiro qilingan.

Uillis Gibson 11 yil davomida "Tetris" o‘ynagan va shu vaqtgacha bir nechta turnirlarda qatnashgan. Bildirilishicha, u nafaqat o‘yinda g‘alaba qozongan, balki umumiy hisob bo‘yicha uchta jahon rekordini ham yangilagan.

Bolakay shu bilan to‘xtab qolmasligini aytdi. Uning fikricha, "Tetris"da nazariy jihatdan 255-darajagacha erishish mumkin, shundan so‘ng o‘yin qaytadan boshlanadi.

Ma’lumot uchun, dastavval, muhandislar o‘yinni faqat 29-darajagacha o‘ynash mumkinligiga ishongan. 2010 yilda esa amerikalik professional o‘yinchi Tor Akerlund boshqaruv tugmachasini tezroq bosish imkonini beruvchi usul yordamida 30-darajaga erishdi. Yaqin yillarda esa faqatgina sun’iy intellekt 157-darajagacha yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

rekord Amerika Tetris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing