Maktab direktori lavozimini sotayotgan XTB bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat
−
15 iyun 2020
15671Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi S.A. fuqaroni maktabga direktor qilib tayinlanishini va’da qilib, buning uchun undan pul olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
S.A. fuqaro E.Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Olmaliq shahridagi maktablardan biriga direktor lavozimiga tayinlatish evaziga 2 000 AQSH dollari talab qilgan.
Shundan, 200 AQSH dollari va 2,7 mln so‘mni muqaddam qo‘lga kiritib, qolgan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi