Maktab direktori qancha pora oldi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 aprel kuni Navoiy shahridagi 6 ummuta’lim maktabi direktori pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.

Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat Prokuraturasi va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 6-umumta’lim maktabi direktori fuqaro S.F dan uning turmush o‘rtog‘i S.A ga 4 soat dars qo‘shib berib, asosiy o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilish evaziga 1 million so‘m pul talab qilgan.

Kelishilgan pullarning 600 ming so‘mini o‘zining xizmat xonasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pora jinoyat Korruptsiya

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing