Maktab direktori xonasida kaltaklandi
Olam
−
25 fevral 2019
15418Bugun, 25 fevral Moskvadagi maktablardan birining direktori qabuliga kelgan erkakning hujumiga uchradi. Erkak ayolni temir bo‘lagi bilan kaltaklagan. Bu haqda REN TV xabar berdi.
Hujum qilgan shaxs hibsga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, erkak maktab qoshidagi bog‘chada ishlagan singlisi sabab kelgan. Bog‘chada ishlagan ayolni bolalar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun boshqa guruhga o‘tkazishgan. Shu sababdan erkak singlisi uchun o‘ch olishga qaror qilgan.
Ayol bilan uchrashuvda erkak o‘zi bilan olib kelgan gaz kaliti (gazovыy klyuch) bilan urgan. Uni pedagoglar to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.
Shifokorlar maktab direktorining hayotiga xavf yo‘qligini bildirgan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv olib borilyapti.
LiveBarchasi