Maksim Galkin Rossiyada “xorijiy agent” deb e’lon qilindi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 16 sentyabr kuni rossiyalik taniqli teleboshlovchi va so‘z ustasi Maksim Galkin Rossiya Adliya vazirligining Xorijiy agent sifatida faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslar reyestriga kiritildi. Hujjatda ijodkorning xorijiy moliyalashtirish manbai sifatida Ukraina ko‘rsatilgan.

Galkin fevral oyi oxirida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan turmush o‘rtog‘i Alla Pugachyova va farzandlari bilan Isroilga ko‘chib o‘tgan va konsertlarida urushni keskin tanqid qilgan edi. Shuningdek, Galkin ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday urushni, hech qanaqasiga oqlab bo‘lmasligi haqida yozgan. Keyinroq u oilasi bilan bir muddat Latviyada yashadi. Sentyabr oyida Alla Pugachyova farzandlari bilan Rossiyaga qaytgan bo‘lsa-da Maksim Galkin boshqa davlatlarga gastrol safarlarini davom ettirmoqda.

4 sentyabr kuni jurnalistlar Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan urush boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan va hozir ortga qaytayotgan ijodkorlarga munosabati haqida so‘rashgan, Peskov Galkin mavzusiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Men Pugachevaning Rossiyaga qarshi birorta ham salbiy bayonotini eshitmadim. Ammo uning eri yomon so‘zlarni aytdi, biz u bilan boshqa-boshqa yo‘ldamiz”, degan Peskov.

Maksim Galkin joriy yil davomida Turkiya, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Polsha, Estoniya, Avstraliya va Yangi-Zelandiya sahnalarida konsertlar berdi. Qolaversa, u 2022 yilning so‘ngiga qadar Chexiya, Ispaniya, Moldova, Gruziya va Litvada konsert berishi ma’lum qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, Maksim Galkin Rossiya Adliya vazirligining xorijiy agent sifatida faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslar reyestrida 23-raqam bilan qayd etildi. “Siyosiy faoliyatni amalga oshirish”da ayblangan shaxslar ro‘yxatida Galkindan tashqari shaxmatchi Garri Kasparov, repper Morgenshtern, jurnalist Dmitriy Gordon kabi taniqli shaxslar bor


Maqola muallifi

Teglar

Maksim Galkin

Baholaganlar

557

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing