Maksim Galkin konsertda ukrainaliklarni sharafladi (video)
Madaniyat-san’at
−
06 yanvar 2023
13225Rossiyalik teleboshlovchi va so‘z ustasi Maksim Galkin Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi konsert vaqtida ukrainaliklarning shiorini aytdi.
Galkin konsert davomidagi hazillar vaqtida betaraf bo‘lolmasligini aytgan, zalda o‘tirgan tomoshabinlar esa ukrainaliklarning “Slava Ukraine” (“Ukrainaga shon-sharaflar”), degan shiorini aytgan. Galkin esa bu hayqiriqqa javoban “Geroyam slava” (“Qahramonlarga shon-sharaflar”) shiorini qaytargan. Bugunga kelib ushbu videolavha internetdagi rus va ukrain segmentida keng tarqalmoqda.
Bu voqea o‘z aks sadosini ko‘p kuttirmadi, Rossiya Davlat Dumasining Madaniyat qo‘mitasi a’zosi, deputat Sergey Solovyov Galkinning bu ishi kechirilmasligini aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning 16 sentyabr kuni Rossiya Adliya vazirligi Maksim Galkinni xorijiy agent sifatida faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslar reyestriga kiritgan. Hujjatda “Siyosiy faoliyatni amalga oshirish”da xorijiy moliyalashtirish manbai sifatida Ukraina ko‘rsatilgan. U turmush o‘rtog‘i Alla Pugachyova bilan 2022 yilning fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan so‘ng Isroilga ketib qolgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik xonanda Valeriy Meladze ham Dubay shahrida deyarli shunday vaziyatga tushgan, keyinroq xoinlikda ayblanishi ortidan murojaat bilan chiqqan edi.
LiveBarchasi