Xoinlikda ayblangan Valeriy Meladze murojaat bilan chiqdi

Madaniyat-san’at

image

Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan va ikki mamlakat urush holatida bo‘lgan bir vaqtda ukrainaliklarning “geroyam slava” ("qahramonlarga shon-sharaflar") shiorini aytgan rossiyalik xonanda Valeriy Meladze ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar ortidan murojaat bilan chiqdi.

“Odamlar, meni eshitishingizni va so‘zlarimni tushunishingizni xohlayman. Mana 10 oydirki, men ham boshqalar kabi og‘ir qayg‘u bilan yashayapman. Hozir men uchun qadrli bo‘lgan xalqlar o‘rtasidagi ziddiyat, odamlar qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lyapti. Men hech kimdan nafratlanishni xohlamayman, kimnidir mamnun qilishga ham harakat qilmayman. Men faqat qarama-qarshiliklar to‘xtab, yaqin xalqlar totuvlikda yashashini orzu qilaman. Buning uchun esa bor kuchimni berishga tayyorman”, deydi u.

Qayd etish joiz, bu Valeriy Meladzening 2022 yil may oyidan buyon ilk bor ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali ko‘rinish berishi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik xonanda Valeriy Meladze Dubaydagi bayramona kechada “geroyam slava” ("qahramonlarga shon-sharaflar"), degan video tasviri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani va rossiyalik senator Yelena Afanaseva undan fuqarolikni olib qo‘yish taklifini ilgari surgani ma’lum qilingandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Valeriy Meladze 1965 yilning 23 iyun kuni Gruziyaning Batumi shahrida tug‘ilgan. 1989 yilda Ukrainadagi Kemasozlik institutini tamomlagan, 1994 yilda aniq fanlar yo‘nalishida ilmiy ish yoqlagan. Shunga qaramasdan Valeriy Meladze akasi Konstantin Meladze sabab san’at yo‘lini tanlagan va 1992 yildan buyon yakkaxon ijod bilan shug‘ullanib kelmoqda. U 2009 yilda Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan bo‘lib, u kuylagan “Beliye ptitsi”, “Svobodniy polet”, “Poteryan i ne nayden” va “Vremya Vishlo” kabi taronalari O‘zbekistonda ham mashhur.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Valeriy Meladze Elena Afanas'eva

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing