Makronning O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifidan maqsadi nima ekani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Qozog‘iston va O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifidan maqsad – Parij mintaqada AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan birga o‘z vaznini saqlab qolmoqchi. Bu haqda Agence France-Presse (AFP)ga Yelisey saroyidagi manbasiga tayanib yozmoqda.  

“Bizning vazifamiz, biz bilgan va uzoq vaqtdan beri Yevropa Ittifoqi va amerikalik hamkorlarimiz bilan aloqa qilgan ushbu mintaqada mavjud bo‘lishni davom ettirishdir”, degan agentlik suhbatdoshi. 

Agentlikka ko‘ra, Ukrainadagi mojaro fonida Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy iqtisodiy va harbiy hamkori sifatida Rossiya Federatsiyasining mintaqadagi ta’siri zaiflashmoqda.  

“Ta’sir poygasida” AQSH va Yevropa Ittifoqidan tashqari Xitoy va Turkiya ham ishtirok etmoqda. Shularni inobatga olgan holda Fransiya Prezidenti Markaziy Osiyoga sanoat va tashqi savdo vazirlari bilan birga tashrif buyurishga qaror qildi, Fransiyaning yirik energetika kompaniyalari va sanoat korxonalari rahbarlari ham safarda unga hamrohlik qiladi. Qozog‘iston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoyadorlar orasida beshinchi o‘rinni egallagan Fransiya bu davlat bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash niyatida. Parij ham O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirishga umid qilmoqda”, deb yozmoqda AFP. 

Agentlik avvalroq Makron Qozog‘istonga tashrifidan so‘ng 2 noyabr kuni O‘zbekistonga yo‘l olishi haqida xabar bergan edi. Yelisey saroyi Qozog‘iston va O‘zbekistonni Fransiyaga yaqinlashtirishdan maqsad iqtisodiy sohada, xususan energetika, muhim materiallar yetkazib berish, transport, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va mudofaa sohalarida hamkorlik qilish ekanini ta’kidladi. 

Avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev matbuot xizmati Fransiya rahbari Qozog‘istonga 1 noyabr kuni tashrif buyurishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made