Makronga suiqasd uyushtirishda ayblangan 13 kishining ishi sudga oshirildi
Olam
−
09 noyabr 2022
37332018 yil noyabrida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblangan 13 kishiga nisbatan jinoiy ish materiallari sudga yuborildi. Bu haqda chorshanba kuni Agence France-Presse (AFP) manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, “17 yanvardan 2 fevralgacha bo‘lgan muddatga belgilangan” sud eshituvlarida “11 erkak va ikki ayol” sudlanadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sud Parijda bo‘lib o‘tadi. 13 nafar sudlanuvchi “terrorchilik aktlarini tayyorlash maqsadida jinoiy guruh tuzish”da ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar o‘ng qanot “Les Barjols” radikal guruhining a’zosi bo‘lgan va “2018 yil noyabrida Makronga qarshi zo‘ravonlik harakatlarini rejalashtirgan”.
AFP ma’lumotlariga ko‘ra, tergov 2018 yilning noyabrida boshlangan. Dastlab bu ishda 14 kishi ishtirok etgan, biroq gumonlanuvchilardan biriga nisbatan ish to‘xtatilgan.
Avvalroq “Le Monde” xabar qilganidek, “Les Barjols” guruhi Makron 2017 yilda birinchi muddatga Fransiya Prezidenti etib saylanganidan ko‘p o‘tmay tuzilgan.
LiveBarchasi