Makron va Ryuttening Trampga ishonchi qolmadi – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan yozishmalarini ommaga e’lon qilishi Yevropa siyosatchilarida shok holatini keltirib chiqardi va Vashingtonga bo‘lgan ishonchni jiddiy ravishda susaytirdi. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Makron va Ryuttedan kelgan xabarlar skrinshotlarini joylagan. Ushbu yozishmalarda Fransiya Prezidenti Rossiya ishtirokida G7 uchrashuvini o‘tkazishni taklif qilgan, NATO bosh kotibi Mark Ryutte esa AQSH Prezidentining tashqi siyosiy yo‘nalishini ijobiy baholagan.

“Politico”ning yozishicha, ushbu yozishmalar e’lon qilinishi Yevropa siyosatchilarini Trampning Grenlandiya masalasida Yevropa davlatlariga nisbatan qilgan bosim va tahdidlaridan ham ko‘ra ko‘proq hayratga solgan. AQSH Prezidenti keyinchalik Grenlandiya bo‘yicha bu talablaridan voz kechgan edi.

Nashr bilan suhbatda ismi oshkor etilmagan yevropalik diplomat Trampning bu harakatlarini nomaqbul deb atab, endilikda yetakchilar o‘rtasidagi muloqot messenjerlar orqali olib borilishidan voz kechilishini ta’kidlagan. Uning aytishicha, bundan buyon rahbarlar o‘rtasidagi barcha yozma muloqotlar byurokratik tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.

Yevropa diplomatlari va rasmiylari YeI yetakchilari bilan Tramp o‘rtasidagi ishonchning yo‘qolishi jiddiy oqibatlarga olib kelishidan xavotirlanmoqda. Nashr manbalaridan birining ta’kidlashicha, Trampning Grenlandiya ustidan kuch bilan nazorat o‘rnatish haqidagi tahdidlari NATOni reanimatsiyaga tushirib qo‘ygan. 

Yana bir manba esa ishonch yo‘qolganidan keyin uni tiklash deyarli imkonsiz ekanini va global siyosiy vaziyat “tubdan o‘zgarganini” qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Davosda iqdisodiy forumdagi chiqishida AQSH Yevropani zaiflashtirish va bo‘ysundirishga urinayotganini aytgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Makron Prezidenti Donal'd Tramp Ryutten

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing