Makron Ukrainaga safarini yana qoldirdi – OAV

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 13-14 fevralga mo‘ljallangan Ukrainaga tashrifini kutilmaganda qoldirdi. Bu haqda "Challenges" nashri Yelisey saroyi bayonotiga tayanib, xabar berdi. 

Fransiya rasmiylari o‘z bayonotida tashrif uchun tanlangan sana yakuniy emasligini bildirgan. Ular Makronning xavfsizligini ta’minlashga ko‘proq vaqt ajratish uchun uni o‘zgartirishga qaror qilishgan.

Yangi tashrif sanalari hali aniqlanmagan. "Challenges" ma’lumotlariga ko‘ra, mumkin bo‘lgan sanalardan biri 24 fevral –Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganining ikki yilligi bo‘lishi mumkin. 

Ammo shu kuni, jurnalistlarning ta’kidlashicha, Parijda yillik xalqaro qishloq xo‘jaligi saloni boshlanadi, bu fermerlar, shu jumladan fransuzlar noroziliklari fonida alohida ahamiyat kasb etdi. Shu bois, safar ham shu sanada bo‘lib o‘tmasligi mumkin.

Ushbu tashrif Makronning urush boshlanganidan beri Ukrainaga birinchi mustaqil tashrifi bo‘ladi. Avvalgi tashrifi ham bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing