Makron Ukraina uchun birdamlik konferensiyasini tashkil qilyapti
Olam
−
12 dekabr 2022 3125 1 daqiqa
Fransiya poytaxti Parijda “Ukraina xalqi bilan birdamlik” va “Ukrainaning kuchi va tiklanishi” konferensiyalari bo‘lib o‘tadi.
Yelisey saroyidagi manbalarga ko‘ra, har ikkala anjuman ham Ukraina va Fransiyaning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan ertaga, 13 dekabr tashkil etiladi.
Konferensiyaga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamraislik qiladi. Ukraina rahbari videoaloqa orqali murojaat qiladi.
Ularning birida Ukrainaning muhim infratuzilmasi barqarorligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Ikkinchisi Ukrainaning makromoliyaviy muammolarini aniqlash, ularni hal qilish va fransuz kompaniyalari ishtirokida qishloq xo‘jaligi va energetika ob’ektlarini tiklash masalalariga bag‘ishlanadi.
“Ukraina xalqi bilan birdamlik” konferensiyasida 47 davlat va 22 xalqaro tashkilot ishtirok etishi kutilmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish videokonferensaloqa orqali tadbir ishtirokchilariga murojaat qiladi.
Boshqa ishtirokchilar orasida Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal va Ukraina Prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya bor.
Kunning ikkinchi yarmida “Enedis” energetika kompaniyasi, Fransiyaning “Lactalis” xalqaro xususiy sut konserni, “Sanofi” farmatsevtika kompaniyasi kabi 500 nafar fransuz kompaniyasi vakillari “Ukrainaning kuchi va tiklanishi” anjumanida ishtirok etadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025