Makron uch oy deganda Putinga qo‘ng‘iroq qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin qariyb uch oy deganda fransiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Telefon suhbati bugun, 19 avgust kuni rasmiy Parij talabi bilan amalga oshirilgan. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Muloqotda Ukraina atrofidagi vaziyatning turli jihatlari muhokama qilingan. Vladimir Putin, xususan, ukrainalik harbiylar tomonidan Zaporoje atom elektr stansiyasi hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishi hududlarning radiatsiyaviy ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli falokat xavfini tug‘dirishini ta’kidladi. 

Prezidentlar real vaziyatni joyida baholay oladigan MAGATE missiyasini imkon qadar tezroq atom elektr stansiyasiga yuborish muhimligini qayd etgan. Rossiya tomoni Agentlik inspektorlariga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqlagan. 

Vladimir Putin, shuningdek, BMT Kotibiyati va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ekspertlarini Moskvaning fikricha, Ukraina Qurolli Kuchlarining hujumi oqibatida ko‘p sonli ukrainalik harbiy asirlar halok bo‘lgan  Yelenovkadagi tergov izolyatoriga tashrif buyurishga taklif qilinganini eslatgan.

Bundan tashqari, Rossiya Prezidenti 22 iyul kuni Istanbulda Qora dengiz portlaridan Ukraina donini eksport qilish va Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari va o‘g‘itlarini jahon bozorlariga eksport qilish bo‘yicha imzolangan bitimining amalga oshirilishi haqida ma’lumot bergan. 

Shuningdek, yuqorida aytib o‘tilgan Rossiya eksporti uchun hali ham to‘siqlar mavjudligi, bu global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal qilishga yordam bermasligiga e’tibor qaratilgan. 

Rossiya va Fransiya Prezidentlari ko‘tarilgan masalalar va boshqa masalalar yuzasidan aloqalarni davom ettirishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, bu Germaniya kansleri Olaf Shols ishtirokida 28 mayda uch tomonlama telefon orqali muloqot o‘tkazilgandan buyon yetakchilar o‘rtasidagi birinchi muloqotdir. Putin va Makron o‘rtasidagi avvalgi ikki tomonlama suhbat 3 may kuni bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Emmanuel' Makron

Baholaganlar

218

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing