Makron Trampga rad javobi beradi – OAV

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan tuzilayotgan "Tinchlik kengashi"ga qo‘shilish taklifini qabul qilmoqchi emas. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Makron yangi xalqaro tashkilot nizomi dastlab ko‘zda tutilganidek faqat G‘azo sektori masalalari bilan cheklanib qolmayotganini ta’kidlagan. Fransiya Prezidenti, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tamoyillari va institutsional asoslariga rioya qilish zarurligi yuzasidan jiddiy xavotir bildirgan. Parijning fikricha, bu tamoyillar muhokama qilinishi mumkin bo‘lmagan masalalar hisoblanadi.

"Tinchlik kengashi" dastlab G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishdan keyin hududni boshqarish bilan shug‘ullanadigan xalqaro organ sifatida rejalashtirilgan edi. Biroq “Bloomberg” tanishib chiqqan nizom matniga ko‘ra, tashkilot mojarolardan aziyat chekkan hududlarda barqaror tinchlikni ta’minlashni maqsad qilmoqda. Tashkilotning birinchi rahbari Tramp bo‘lishi ko‘zda tutilgan, a’zolardan esa umrbod a’zolik uchun bir milliard AQSH dollari miqdorida badal olinishi rejalashtirilgan. 

Shu sababli ayrim doiralarda Tramp BMTga raqobatchi bo‘ladigan yangi tuzilma yaratmoqchi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlar ham paydo bo‘lgan. Ma’lumki, AQSH Prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkilotini bir necha bor tanqid qilgan.

Hozircha "Tinchlik kengashi"ga kimlar taklif qilingani bo‘yicha to‘liq ro‘yxat e’lon qilinmagan. Biroq, ayrim davlatlar taklif olgani allaqachon tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etish yuzasidan xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif kelib tushgani hamda O‘zbekiston rahbari amerikalik mavqedoshi javob maktubini yo‘llab, unda O‘zbekiston Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga tayyorligini bildirgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Emmanuel' Makron Tinchlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing