Makron Telegram’dan faol foydalanadi – “Politico”
Olam
−
27 avgust
3946Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Telegram messenjeridan uning asoschisi Pavel Durov respublikada hibsga olinganidan keyin ham faol foydalanmoqda. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ilova Fransiyadagi siyosiy doiralar va ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning o‘zi tomonidan” faol foydalanilmoqda.
Ismi oshkor etilmagan sobiq fransuz parlamentariysi kecha, 26 avgust kuni “Politico” xodimiga telefonini ko‘rsatgan, u yerda Makronning Telegram’dagi holati “yaqinda onlayn bo‘lgani” aniq bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Makron o‘zining birinchi prezidentlik kampaniyasi boshlanganidan beri messenjerdan foydalanmoqda.
“Deyarli 10 yil o‘tgan bo‘lsa ham, ilovadan Vazirlar Mahkamasi a’zolari ham, barcha darajadagi va partiyalar siyosatchilari, ayniqsa Makronni qo‘llab-quvvatlovchilar ham keng foydalanmoqda”, deya ta’kidlaydi nashr.
Ta’kidlash joizki, Makronning Telegram'dan foydalanishi haqidagi gaplar uning asoschisi Pavel Durov 24 avgust kuni kechqurun shaxsiy samolyotda qo‘nganidan ko‘p o‘tmay Parij tashqarisidagi Le Burje aeroportida hibsga olingani fonida yangramoqda.
"Le Provans"ning yozishicha, Milliy politsiyaning Voyaga etmaganlar boshqarmasi (OFMIN) Durovni hibsga olish uchun order bergan va tergov jandarmeriya milliy kiber bo‘limi va firibgarlikka qarshi kurash milliy byurosiga topshirilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, order gumon qilinayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, narkotik moddalar savdosi, kiberbulling, uyushgan jinoyatchilik, bolalarga qarshi jinoyatlar va terrorizmni targ‘ib qilish bo‘yicha dastlabki tergov doirasida berilgan.
Parij prokuraturasi bayonotida aytilishicha, Fransiya huquq-tartibot idoralari Telegram asoschisi Pavel Durovni ko‘plab kiberjinoyatlarda gumon qilinib, ismi oshkor etilmagan shaxsga qarshi tergov doirasida so‘roq qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Makron ham Durov hech qanday siyosiy sababsiz, sud tergovi doirasida hibsga olinganini aytgandi.
LiveBarchasi